Chingizxon bosqini sabab uzoq ellarda darbadar, qul bo‘lib, keyinchalik shohlik taxtigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan xonzoda Sayfiddin Qutuz haqidagi asar o‘tmishning qop-qora, sertalotum, dolg‘ali kunlaridan hikoya qiladi. Misr taxtida to‘liq bir yil ham o‘tirmasdan butun arab o‘lkalarini mo‘g‘ul istibdodidan saqlab qolgan hukmdorning bu yurtlarda afsonaviy xaloskor deya hamon madx etilishi bejiz emas. Garchi tug‘ilib o‘sgan zaminidan olisda yurt tuzish, el boshqarish taqdir yozug‘iga bitilgan bo‘lsa-da, tog‘asi Jaloliddinning izdoshiga aylandi, u kabi jang maydonlarida umri o‘tdi.
Ozodlik, xalqlarga tinchlik, birodarlik ota-bobolarimizning asrlar bo‘yi dastak-suyanchi, hayotiy a'moli bo‘lgani, ajdodlarimizning shonli, biroq o‘ta achchiq taqdirni yashab o‘tgani qo‘lingizdagi kitobda batafsil bayon qilingan.

