- Bolangizni hurmat qilasizmi? Albatta, siz uni yaxshi ko‘rasizmi, deb so‘ramaymiz, chunki millati, irqi, dinidan qat’i nazar, har bir ona o‘z farzandini jonidan ortiq ko‘radi - bunga shubha yo‘q! Ammo bolaga munosib munosabatda bo‘lish, uni tarbiyalashda to‘g‘ri yo‘lni tanlash, uning shaxsini qadrlay bilish har doim ham har birimizning qo‘limizdan kelavermaydi.
Ushbu kitobni nafaqat farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan onalar, balki turmush qurish ostonasida turgan qizlarga ham o‘qishni tavsiya etamiz. Muallif bolani "o‘ziniki" deb hisoblash noto‘g‘ri ekanligini eslatadi. Aksincha, biz Yaratganning bizga bergan in’omining vaqtinchalik qo‘riqchisimiz. Bu kitob farzand tarbiyasiga bo‘lgan qarashlarimizni butunlay o‘zgartirishga, xatolarimizni ko‘zgu kabi ko‘rsatishga qodir."

