Har bir bola ota-onasi uni tushunishi, istaklari, shaxsi hurmat qilinishini istaydi. Shuningdek, ota-onalar ham barcha harakatlari jigarbandlari kelajagi uchun ekanini anglatishni istaydilar. Xadicha Kubro Tongarning mazkur kitobida 0 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish usullari haqida tushunchalar beriladi. Muallif muloqot o‘rnatish uslublarini bola rivojlanishi davriga ko‘ra o‘ziga xos tarzda: dastlabki, ikkinchi va uchinchi olti yillik kabi qismlarga bo‘lib o‘rganadi. Muammoni hal qilishda maqsadli xatti-harakat va yechimlar tahlil qilinadi. Hazrat Ali roziyallohu anhuning «Farzandlaringizni o‘z zamoningizga ko‘ra emas, balki ular tug‘ilgan davr sharoitiga qarab tarbiyalang», degan so‘zlari mag‘zini mutolaa jarayonida anglay borgan kitobxonlar, o‘ylaymizki, tinch, sokin va xotirjam oila muhitinishakllantirish bo‘yicha yo‘l xaritasiga ega bo‘lishadi.
ISBN : 9789910848032
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Tarjimon : Zebiniso Xayitova
Betlar soni : 160
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Nashriyot : Bukhara Books
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Хадича Кубро Тонгар

