O'smirlik- bu faqat tana o'zgarishi emas, balki yetuklik sari bosilayotgan muhim qadamdir.
Balog'atga yetayotgan o'smirning ovozi o'zgaradi, tanasi ulg'ayadi, his-tuyg'ulari esa murakkablashadi. Kecha bola bo'lgan o'smir bugun ichidagi yangi "men"ini kashf etishni boshlaydi.
Xadicha Kubro Tongar o'smirlik davrida yuz beradigan jismoniy, ruhiy va gormonal o'zgarishlarni yigitlarga sodda, samimiy va ishonchli tilda tushuntiradi.
O'smirlik yo'li qiyin va mashaqqatga to'la bo'lsa-da, yakunda o'smir yigit ko'rkam shahzodaga aylanadi.
Bu kitob esa ularga o'zgarishlardan qo'rqmasdan, yetuklikka ishonch bilan qadam qo'yib ulg'ayish yo'lida ishonchli hamroh bo'la oladi

