WOSKEY qog‘oz armirlovchi lentasi gipsokarton konstruksiyalari choklari va ichki burchaklarni berkitadi. Usiz ikki list birikmasi vaqt o‘tib shpaklovka va bo‘yoq ostidan yoriq bo‘lib chiqadi — lenta chokni ushlab turadi va yuzani silliq qoldiradi.
Qanday ishlatiladi. Chokka shpaklovka qatlamini surting, lentani shpatel bilan bosib kiritng, ortiqcha qorishmani oling va qurigach ustidan pardoz qatlamini yoting. Burchakda lenta o‘rtasidagi buklama bo‘ylab bukiladi.
Qayerda ishlatiladi: GKL choklari, ichki burchaklar, yoriqlar va yuzalar birikmasi.
Materiali: qog‘oz. Rangi oq. Eni 44 yoki 52 mm. Rulon uzunligi 25 m.
WOSKEY — O‘zbekistondagi nemis brendining rasmiy franshizasi.

