WOKIN 212003 bitalar to'plami qurilish, yig'ish va ta'mirlash ishlari uchun professional yechimdir. To'plam o'z ichiga 10 ta ikki tomonlama (PH2 x PH2) krestovoy bitalarni oladi. Ular sanoat standartidagi, zarbaga va yeyilishga o'ta chidamli bo'lgan S2 po'latidan tayyorlangan (Satin Finished - matli silliq qoplama). Kuchli magnitli uchi shurup va buramalarni ishonchli ushlab turib, ishlash jarayonini ancha osonlashtiradi. Ikki tomonlama dizayn esa har bir bitaning xizmat qilish muddatini ikki barobar oshiradi.

