Tenda A18 — Har bir xonada yuqori tezlikdagi Wi-Fi! Uyingizning chekka xonalarida internet sekinmi? Tenda A18 signal kuchaytirgichi (repiter) mavjud Wi-Fi signalini qabul qilib, uni devorlar osha uzoq masofaga qayta tarqatadi.
Asosiy afzalliklari:
- Ikki diapazonli tezlik (Dual Band): Bir vaqtning o‘zida 2.4 GGs (300 Mbit/s) va 5 GGs (867 Mbit/s) chastotalarida ishlaydi. Bu onlayn o‘yinlar va 4K filmlarni uzilishlarsiz ko‘rish imkonini beradi.
- Ixcham "Wall-Plug" dizayn: Qurilma qo‘shimcha kabellar talab qilmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rozatkaga ulanadi va juda kam joy egallaydi.
- Aqlli signal indikatori: Korpusdagi LED chiroq rangi orqali (ko‘k yoki qizil) kuchaytirgichni routerdan qanchalik to‘g‘ri masofaga qo‘yganingizni bilib olasiz.
- 2 ta Tashqi Antenna: Yuqori sezgirlikka ega antennalar signalni qiyin nuqtalarga ham yetkazib berishga yordam beradi.
- 10/100 Mbit/s Ethernet Port: Kabel orqali ulanadigan qurilmalar (TV, o‘yin konsoli) uchun qo‘shimcha port.
- Oson sozlash: WPS tugmasini bir marta bosish orqali routerning sozlamalarini avtomatik ko‘chirib oladi.