Kamerani sozlash. NVR va kameralarni adapterga ulang, 1 daqiqa kutib turing - ular o'zaro avtomatik ulanadi. Menyudan tilni, sana va vaqtni belgilang, yozib olish uchun HDD disk o'rnating. NVR ni routerga LAN kabeli bilan ulang. Telefonga Tris Home yoki XMEYE PRO ilovasini yuklab, quti ustidagi QR kodni skanerlang. Harakat sensori va bildirishnomani yoqing. Standart parolni almashtiring.

