J3 – Wi-Fi orqali ishlaydigan ikki linzali lampochka kamera. Oddiy lampochka patroniga buraladi, qo'shimcha sim tortish va murakkab o'rnatish kerak emas.
Ustki linza bir joyni doimiy kuzatadi, pastki linza esa 360° atrofida aylanadi va yuqori-pastga buriladi (Pan/Tilt), zoom funksiyasi bor – bir vaqtning o'zida ikki tomonni ko'rish mumkin. Oq va infraqizil LED chiroqlar tufayli kechasi ham tasvir ko'rinadi.
Tasvirni telefondagi ilova orqali istalgan joydan real vaqtda kuzatish mumkin.
Uy, ofis, do'kon, ombor va hovli uchun qulay.

