TP-Link TL-WN722N — bu ishonchli va kuchli signal qabul qiluvchi USB Wi-Fi adapter bo‘lib, kompyuter yoki noutbukni simsiz internetga ulash uchun mo‘ljallangan. Ayniqsa Wi-Fi signali zaif joylarda yuqori samaradorlik beradi.
Adapter 150 Mbps tezlik (2.4GHz) ni qo‘llab-quvvatlaydi va kundalik internet ishlari (brauzer, video, messenjерlar) uchun yetarli hisoblanadi. Eng katta ustunligi — tashqi 4 dBi antenna, bu esa oddiy adapterlarga qaraganda ancha kuchli signal qabul qilish imkonini beradi.
Qurilma Soft AP rejimini qo‘llab-quvvatlaydi — ya’ni uni Wi-Fi tarqatgich (hotspot) sifatida ham ishlatish mumkin.
USB orqali ulanadi va drayver o‘rnatish oson. Ayrim versiyalari Linux tizimlarida ham ishlaydi (chipsetga qarab).

