Avlod: Wi-Fi 6
AfzalliklariInternet tezligim 6-7 barobarga ortdi.
1-rasm: eski 2.4Ghz li Routerni internet tezligi
2-rasm: ushbu yangi Routerni 2.4Ghz dagi tezligi
3-rasm: ushbu yangi Routerni 5Ghz dagi tezligi
KamchiliklariIzohlardagi kabi 1 Gbit/s boʻlmadi. Bu tarifga ham bogʻliq boʻlsa kerak. Lekin, 400+ Mbit/s ni oʻzi ham juda katta tezlik. Yetib ortadi oddiy foydalanuvchiga
IzohTovarni boshqalarga ham tavsiya qilaman.
Routerni sozlash biroz murakkabroq, lekin Telegramdan tashlab berishadigan yoʻriqnomaga qarab mustaqil ham ulasa boʻladi.
Agar menga oʻxshab biroz tushunmasangiz, Telegramdan yozgan edim, AnyDesk orqali oʻzlari sozlab berishdi, online. AloqaStroy ga katta rahmat. Ishlarini rivojini bersiz.
Boshqalarga yana bitta tavsiyam bor. Agarda Sizda ham Uztelecom yoki boshqa operatorni Optik tolali interneti bor boʻlsa, Siz oldin LAN kabel orqali Routeringizdan Kompyuterga internet ulab koʻring. Katta tezlik beradi. Vu router ham huddi oʻsha yerda koʻrsatgan tezlikni bera oladi. Muammo shundaki, agarda Sizdagi router 2.4Ghz li boʻlsa, u katta tezlikni qoʻllab-quvvatlay olmaydi eski modeldagi routerlar. Lekin LAN porti qoʻllab quvvatlaydi. Koʻpgina routerlarda faqatgina LAN1 port gigabit tezlikda boʻladi, shuni hisobga oling.
Ushbu yangi router bilan esa, unday muammo boʻlmaydi. Bunda 2.4 Ghz ham 5Ghz ham bor.
Qolaversa barcha portlari gigabit tezlikni qoʻllab-quvvatlaydi.
Barchaga tavsiya qilaman. Rahmat.