• Muallif: Van TSzyanxua
• Qopqoq: yumshoq
• Sahifalar soni: 232
• Til: Rus
“Xanchjouga nazar” — qadimiy va zamonaviy Xitoy shaharlarining durdonasi bo‘lgan Xanchjou haqida yozilgan, o‘ziga xos mikrobloglar, esdaliklar, kuzatuvlar va real hayot lavhalaridan tashkil topgan betakror to‘plamdir. Kitob original nusxasi Xitoyda mashhur “Взгляд на Китай” seriyasi doirasida chop etilgan bo‘lib, o‘zbek kitobxonlari uchun ilk bor rus tiliga tarjima qilinmoqda.
Ushbu asarda Xanchjouning o‘tmishi va buguni, tabiati va insonlari, qadriyatlari, me’morchiligi, iqlimi, odob-axloqi, zamonaviy texnologik taraqqiyoti, urbanistik rivojlanishi, ijtimoiy hayot dinamikasi, xalqona taomlari, an’analari, sevimli istirohat joylari va ko‘ngilochar muassasalari tiniq va samimiy uslubda tasvirlanadi.
Kitob mikroblog formatida yozilgan bo‘lib, har bir maqola — qisqa, ammo mazmunli fikrlar va muallifning real kuzatuvlariga boy. 420 dan ortiq qisqa matn va 190 ta rangli foto orqali Xanchjouning zamonaviy ruhiyati, hayot ritmi, shahar estetikasini his etish mumkin.
Xanchjou — bu o‘zida Tang davri poetikasini, zamonaviy Alibaba texnologiyalarini, choyshunoslik an’analarini va G20 diplomatiyasini birlashtirgan noyob shahar. Shu bois, bu kitob Xitoyga mehr qo‘ygan har bir o‘quvchi uchun yo‘l ko‘rsatkich, ilhom manbai bo‘la oladi.

