Hamdardlik — muvaffaqiyat, yanada samarali va mehribon ish muhiti hamda mustahkam munosabatlarning kalitidir. Ushbu kitob nafaqat buni tasdiqlovchi ilmiy tadqiqotlar sharhi, balki hissiy intellektni rivojlantirish va boshqalarni tinglash ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha amaliy qo‘llanmadir. Ko‘p yillar davomida bizga muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsada birinchi bo‘lish kerakligi o‘rgatilgan. Biroq, zamonaviy tadqiqotlar uzoq muddatli muvaffaqiyat uchun shunchaki yetakchi bo‘lishning o‘zi kifoya emasligini ko‘rsatadi. Eng muhimi — boshqalarga befarq bo‘lmagan, hamdard yetakchi bo‘lishdir. Biologiya, neyrofan va iqtisodiyot sohasidagi eng yangi tadqiqotlar shuni isbotlaydiki, boshqalarning muammolarini anglash va ularga yordam berishga intilish nafaqat atrofdagilar hayotini, balki o‘z hayotimizni ham yaxshilaydi. Turli ilmiy sohalardagi zamonaviy izlanishlarga tayangan ushbu kitob hamdardlikning ko‘plab afzalliklarini ochib beradi: mustahkam munosabatlar, yuqori hissiy intellekt va hayotiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish qobiliyati shular jumlasidandir.

