Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni: 213
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga qo‘shing 📚
Bonus sifatida zakladka mavjud
To‘liq tavsifni o‘qing 😊
Insoniyat hech qachon bugungidek ko‘plab obsesiyalar va qarashlar ta’sirida bo‘lmagan — mahsuldorlikka sig‘inishdan tortib sog‘lom ovqatlanishga haddan tashqari berilib ketishgacha. Ushbu kitoblar turkumida biologiya fanlari doktori, professor va taniqli ma’ruzachi Vyacheslav Dubynin XXI asrning asosiy maniyalarini tahlil qilib, ularning mexanizmlarini miya faoliyati nuqtai nazaridan tushuntiradi.
«Ovqat va yangilik» — ushbu turkumning birinchi kitobi. Unda professor Vyacheslav Dubynin nazoratsiz ovqat iste’moli, ozg‘in tana haqidagi obsesiyalar, oziq-ovqat allergiyalari, noma’lum narsalardan xavotirlanish va bilimlarni doimiy ravishda to‘plashga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. Muallif zamonaviy ilmiy tadqiqotlarga tayangan holda, ovqat va yangilikka bo‘lgan qaramlik miyamiz faoliyatiga qanday ta’sir qilishini tushuntiruvchi misollar keltiradi.
Ushbu kitobdan siz quyidagilarni bilib olasiz:
– nega biz ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt qolib ketamiz;
– ovqatning mazaliroq bo‘lib tuyulishiga nima sabab bo‘ladi;
– zerikish va sukunatga toqat qilolmaslik nimaga bog‘liq;
– nega normal vaznga ega bo‘lgan ayrim odamlar yanada ozishni xohlashadi.

