«Второй шанс» kitobida Z. Bjezinskiy ikki qutbli dunyo barham topgach “global yetakchilar”ga aylangan AQShning uch prezidenti — Bush-otasi, Klinton va Bush-kichikning tashqi siyosiy faoliyatini chuqur tahlil qiladi. Muallif fikricha, sovuq urush tugaganidan so‘ng AQSh o‘z qudratining muhim qismini yo‘qotgan bo‘lsa-da, qarshi omillarga qaramay, global yetakchilik uchun ikkinchi va so‘nggi imkoniyatdan foydalanish salohiyatini hanuz saqlab qolgan.
«Америка и мир» kitobida Z. Bjezinskiy va B. Skoukroft birgalikda eng og‘riqli savolga javob izlaydilar: nega SSSR parchalanganidan keyin raqobatchisiz qolgan va erkinlik hamda bag‘rikenglik timsoli deb qaralgan birinchi raqamli superdavlat kutilmaganda umumiy nafrat va ishonchsizlik obyektiga aylandi?

