AQSH milliy bestselleri!
Kristian Beyl va Jillian Anderson ishtirokidagi Netflix filmi yaqinlashmoqda
Bu tergov uning qalbida o‘chmas iz qoldiradi. U esa ko‘plab avlodlar qalbida iz qoldiradi...
Edgar Allan Po g‘arbiy detektivning yaratuvchisi hisoblanadi. Ammo bu janr uning jonli tasavvuri mahsuli emas, balki yoshligida boshidan kechirgan aql bovar qilmaydigan voqealar natijasi bo‘lsa-chi? Aql bovar qilmaydigan va noma’lum...
1830-yil, Vest-Poynt, AQSH Harbiy akademiyasi. Oktyabr oqshomida o‘zini osgan kadet Leroy Fray topildi. Voqea juda xunuk, lekin baribir tushunish mumkin. Kimdir Frayning jasadini o‘g‘irlab, ko‘krak qafasini chuqur bilim bilan yorib, yuragini sug‘urib olmaguncha...

