"Jahon tarixi. 9-sinf" darsligi umumta'lim maktablarining to'qqizinchi sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan va O'zbekiston Respublikasi o'quv dasturiga mos keladi. Ushbu nashrda XIX-XXI asrlar oralig'idagi jahon tarixidagi eng muhim voqealar, davlatlarning modernizatsiyasi, jahon urushlari, xalqaro munosabatlar, fan, texnologiya va madaniyatning rivojlanishi hamda zamonaviy dunyodagi global o'zgarishlar o'rganiladi.

