Ko‘p yillar oldin Endi Makgi va uning bo‘lajak rafiqasi sirli Idoraning maxfiy tajribasida ishtirok etishgan.
Oradan vaqt o‘tib, ularning qizi dunyoga keladi. Charli ismli bu jajji qizaloq o‘zgacha qobiliyatga ega. Endi esa Idora o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish uchun uni qo‘lga kiritmoqchi.
Endi Makgi yagona qizini qutqarish uchun qochishga majbur bo‘ladi...
Shu tariqa Stiven Kingning eng yaxshi romanlaridan biri - «Воспламеняющая» asari voqealari boshlanadi. Ushbu roman asosida bosh rollarni Dryu Berrimor va Devid Kit ijro etgan mashhur film suratga olingan.

