📦 Tarkibi (1 kapsulada):
• Pankreatin – 70,0 mg
• Papain – 10,0 mg
• Rutosid trigidrat – 30,0 mg
• Bromelain – 30,0 mg
• Tripsin – 6,0 mg
• Lipaza – 9,0 mg
• Amilaza – 9,0 mg
⸻
✅ Qo‘llanilishi:
• Yallig‘lanish jarayonining kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, autoimmun va immunokompleks jarayonlarning patologik namoyon bo‘lishini cheklaydi
• Vobio qon plazmasida yallig‘lanish o‘chog‘ida antibiotiklar konsentratsiyasini ko‘paytirib, antibiotiklarga sezgir mikroorganizmlarni yo‘q qilishda ularning samaradorligini oshiradi
• Dislipidemiya va metabolik sindromlarda umumiy xolesterin, zararli xolesterin (LDL) miqdorini pasaytiradi, foydali xolesterin (HDL) miqdorini oshiradi
⸻
🧬 Farmakokinetikasi:
Kombinatsiya tarkibidagi fermentlar qabul qilingandan so‘ng, ingichka ichakdan inaktiv molekulalar ko‘rinishida so‘rilib, qonning oqsilli tuzilmalari bilan birikadi va qon aylanishiga o‘tadi.
Keyin fermentlar qon tomirlari bo‘ylab harakat qilib, patologik jarayon sodir bo‘layotgan joyda to‘planadi.
⸻
💊 Qo‘llash usuli:
Kunlik doza: 1 kapsula ovqatdan oldin, kuniga 2-3 mahal, 2-3 hafta davomida.

