📖 «Fitness menejmenti»
Fitnes industriyasi — biznesning qiziqarli va o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biridir. 1990-yillardan boshlab fitnes oddiy insonlar hayotiga kirib kelib, podvallardagi mashg‘ulot zallaridan zamonaviy va nufuzli fitnes markazlariga aylandi.
Har yili fitnes klublari soni ortib borayotgan bir paytda asosiy savol tug‘iladi: fitnes klubini qanday boshqarish kerakki, u barqaror daromad keltirsin?
«Fitness menejmenti» — fitnes biznesi amaliyotchisi tomonidan yozilgan tavsiyalar va foydali maslahatlar jamlangan amaliy qo‘llanma. Ushbu kitob sizga 3–5 yillik tajribani tejashga yordam beradi va fitnes biznesini yuritishning muhim jihatlari bilan tanishtiradi.
Kitob fitnes murabbiylariga malakali va samarali menejer bo‘lish yo‘lida yordam beradi.
Nashr fitnes klublari egalari va rahbarlari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, trenajyor zali, guruh dasturlari, skvosh va akva yo‘nalishlari menejerlari uchun ham foydali bo‘ladi.
Fitnes klubini boshqarish tajribasiga ega bo‘lmagan, ammo rahbarlik vazifasi yuklatilgan mutaxassislar uchun ham ushbu kitob qimmatli qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Agar siz fitnes murabbiyi maqomidan fitnes menejeri maqomiga o‘tishni istasangiz, bu kitob sizga ushbu muhim qadamni qo‘yishda yordam beradi.
Kitobda fitnes biznesiga oid ko‘plab muhim savollarga javoblar berilgan. Xodimlar bilan ishlash, jamoani tanlash va rag‘batlantirish, shaxsiy mashg‘ulotlar uchun to‘lov tizimini tashkil etish hamda yig‘ilishlarni samarali o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni: 216
Kitob rus tilida
Bonus sifatida zakladka mavjud.

