📖 «Siyosiy stress-menejment»
«Siyosiy stress-menejment» kitobi siyosatchilar, jamoat arboblari va siyosiy konsalting sohasi mutaxassislari uchun amaliy qo‘llanma hisoblanadi.
Siyosat inson faoliyatining eng yuqori stress bilan bog‘liq yo‘nalishlaridan biridir.
Kitobda stressni boshqarish va uning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha amaliy mashqlar hamda foydali tavsiyalar keltirilgan. Saylovlar davrida yoki siyosiy partiyadagi faoliyat sababli yuzaga keladigan doimiy ruhiy bosim bilan qanday kurashish kerakligi haqida ham batafsil ma’lumot beriladi.
Shuningdek, kitobda omma oldida chiqish qilish bo‘yicha tavsiyalar ham jamlangan. Chunki siyosatda aynan ommaviy nutqlar ko‘plab qo‘rquv va stresslarning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi.
Stressni har bir inson boshdan kechiradi. Muhimi, uni to‘g‘ri boshqarishni o‘rganishdir. Ushbu kitob aynan shu yo‘lda sizga yordam beradi.
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni: 184
Kitob rus tilida
Bonus sifatida zakladka mavjud.

