VIVO FERTIL - vitamin-mineral kompleksi, аyol tanasini homiladorlik uchun tayyorlash va ayol reproduktiv tizimining holatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. Chiqarish shakli: Eritma tayyorlash uchun sashe-paketlarda qadoqlangan og‘irligi 5g kukun. Har bir qadoqda 30ta sashe. VIVO FERTIL tavsiya etiladi: - Hayz ko‘rish siklini normallashtirish uchun (stres tufayli yuzaga kelgan buzilishlar bo‘lsa); - Hayz oldi sindromini bartaraf etish uchun; - Sut bezlarida siklik og‘riqlar uchun; - Giperprolaktinemiyani kompleks davolashda; - Polikistik tuxumdon sindromini kompleks davolashda; - Homiladorlikni rejalashtirishda, ayniqsa og‘ir akusher-ginekologik tarixga ega bo‘lgan ayollarda; - Ayollar bepushtligini kompleks davolash uchun; - EKOga tayyorgarlik ko‘rishda; - Vitaminlar, minerallar va aminokislotalarning yetishmasligini to‘ldirish. Yaroqlilik muddati va saqlash sharoiti Chiqarilgan kundan boshlab 3 yil. Xona haroratida quruq joyda saqlang. Ishlab chiqaruvchi MChJ QK “PHARMACARE”, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, Surum M.F.Y. , Tabarruk ko‘chasi , 37A uy. VIVO USA texnologiyasi va standartlari asosida ishlab chiqarilgan. Manzil: VIVO AQSH 1441 Woodmont Ln NW # 2101 Atlanta GA 30318, AQSh Elektron pochta: info@vivo-usa.life www.vivo-usa.life.
BFQ dori vositasi emas.

