Ikki rangli Vivienne Sabo Mariniere yuz paletkasi — yuz tuzilishini professional shakllantirish va teriga parvarishlangan ko'rinish berish uchun mukammal duetdir. Paletka tarkibiga ajoyib tarzda tanlangan mahsulotlar kiradi: tabiiy soyalar hosil qilish uchun to'g'ri sovuq ostki tusga ega mat skulptor va yuz qismlarini yumshoq yoritish uchun ipakdek xaylayter. Mahsulotlarning mayin upali teksturasi cho'tkaga oson olinadi, teri bo'ylab bir tekis taqsimlanadi hamda dog'lar yoxud keskin o'tishlarsiz ajoyib tarqaladi. Dengiz uslubidagi ixcham va zamonaviy g'ilof har qanday kosmetichkaga ko'rk bag'ishlaydi.

