Yirik uy parrandalari uchun “Vitaral” muhim vitamin va aminokislotalar kompleksi
Qo‘llanilishi:
Tabletkadagi “Vitaral” muhim vitamin va aminokislotalar kompleksi (har biri 1,5 g) dekorativ qushlar, kaptarlar, bedanalar, tuxumchi tovuqlar, g‘ozlar, oqqushlar va kurkalar uchun quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
moddalar almashinuvi buzilishining oldini olish, organizmning turli kasalliklarga qarshiligini oshirish, vaksina qilish, tashish, boshqa joyga ko‘chirish davrida stress holatlarining oldini olish, gormonsiz o‘sish va mahsuldorlik stimulyatori sifatida, ratsion o‘zgargan davrda, jigar faoliyati buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarda.
Qo‘llash usuli va dozasi:
“Vitaral” vitamin tabletkalari ichimlik suvi bilan birga ichga qo‘llaniladi.
Uy parrandalari (tuxumchi tovuqlar, jo‘jalar, g‘ozlar, kurkalar va boshqalar) uchun:
1000 ml ichimlik suviga 1,5 g (1 dona tabletka) hisobida qo‘llaniladi.
Qadoqda: 60 tabletka

