Savdo belgisi:
Revma-art®
Chiqarilish shakli: Kapsula № 40, кapsulalar ichakda eruvchan, qattiq, rangsiz va o`lchami № 00. Kapsulaning tarkibi: Jelatin – 75,44 mg rang beruvchilarsiz, “Halol”sertifikatiga ega.
Revma-art® tarkibi:1 kapsuladagi faol moddalar: Gidrolizlangan kollagen 500 mg, shundan I-tip – 35%, II-tip – 65%; Askorbin kislotasi 50 mg; Yordamchi moddalar: kraxmal, mkts, kaltsiy stearat.
Farmako-terapevtik guruh: Tayanch - harakatlanish tizimi kasalliklarini davolash uchun boshqa vositalar.
Кod АТХ М09АХ.
Farmakologik ta’siri: Revma-art® ning farmakologik ta’siri uning tarkibidagi aktiv moddalar – I-, II- tip kollagen va askorbin kislotasi bilan bog`liqdir.
Gidrolizlangan kollagen – organizmdagi butun oqsillarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Suyaklar, tog’aylar, paylar, teri va qon-tomirlarning asosiy tarkibiy qismi kollagendan iborat. Kollagen tabiiy holatda 3 karra bir-biriga o’ralgan tolali oqsil bo’lib, maxsus gidrolizlash orqali kollagen tolalari bir-biridan ajratilgan. Chunki aynan gidrolizlangan kollagen organizmda oson va yengil o’zlashtiriladi. Kollagenni organizm to’qimalarida bir nechta tiplari mavjud, shulardan aynan I-, va II- tiplari Revma-art® tarkibida jamlangan.
I-tip kollagen – organizmdagi barcha kollagenni 75-80%ini tashkil qiladi. I-tip kollagen juda mustahkam elastik tola bo’lib u teri, suyaklar, paylar va boylamlar qurilishida ishtirok etadi. I-tip kollagen shikastlangan teri, suyak yoki boshqa to’qimalarning qayta tiklanishini taminlaydi1. Organizmning regeneratsya qobiliyatini oshirib, yara va jarohatlarni bitishini tezlashtiradi.
II-tip kollagen – bo’g’imlar va umurtqalardagi tog’ay to’qimasining asosiy qurilish oqsili hisoblanadi, bo’g’im tog’ayining 85-90% ini tashkil qiladi. II-tip kollagen umurtqalararo joylashgan tog’ay xalqalarini mustahkamligini oshirishi evaziga, osteoxondrozni davolashda va oldini olishda juda muhim o’rin tutadi. Shuningdek shikastlangan bo’g’im tog`aylarini qayta tiklanishida ham qatnashadi2. II-tip kollagen oshqozon-ichak tizimiga tushgach mayda fragmentlarga (oligopeptidlargacha) parchalanadi va shu ko`rinishda qon orqali shikastlangan tog’ayga yetkaziladi. Tog`ay to`qimasi tiklanishi quyidagicha amalga oshadi: kollagen hosil bo’lishi va parchalanish jarayonlari orasidagi muvozat tiklanib, qayta-aloqa mexanizmi ishga tushadi. Bunda II-tip kollagen oligopeptidlari tog’ay to’qimasining yosh hujayralarini (xondroblastlarni) ta’sirlantirib, to’qimada xususiy kollagen ishlab chiqarilishini tezlashtiradi.
Askorbin kislotasi – Vitamin C, organizmda ko’plab vazifalarni bajaruvchi suvda eriydigan vitamin. Askorbin kislotasi tog’ay to’qimasining xususiy kollagen va gialuron ishlab chiqarishini kuchaytiradi.
Farmakokinetikasi: Revma-art®- vositasi og'iz orqali qa’bul qilinganda gidrolizlangan kollagen peptid va oligopeptidlargacha parchalanib ichakdan qonga so’riladi va organizmda to’liq o’zlashtiriladi.
Qo’llashga ko`rsatmalar:
· Osteoartrozning I- va II- darajalarida,
· Osteoxondrozlarda – davolash va profilaktika maqsadlariida;
· Artrit va poliartritlarda profilaktika, davolash va reabelitatsiya davrida;
· Bo’g’im, suyak va paylarning jarohatlaridan tiklanish davrida;
· Sport jarohatlarini davolashda;
· Jarrohlik amaliyotidan keyingi tiklanish davrida;
· Turli darajadagi teri kuyishlaridan keyingi tiklanish davrida;
Bolalar, kattalar va keksa bemorlarda tayanch-harakatlanish tizimi kasalliklari kompleks davo muolajalari bilan birga qo’llaniladi.
Qo`llash usuli: Sxema bo’yicha 1 kapsuladan 3 maxal ovqatlanishdan oldin yoki ovqat bilan birga 3 oy davomida. Homiladorlik va laktatsiya davrida qatt’iy shifokor ko’rsatmasiga binoan qo’llanilsin. Qa’bul qilish muddati kasallikning turiga qarab 3 oydan 1 yilgacha.
8 yoshdan yuqori bolalar va o’smirlar uchun 1 kapsuladan 2 maxal ovqatlanishdan oldin yoki ovqat bilan birga 3 oy davomida. Muolaja kursini takrorlash uchun shifokor bilan maslaxatlashilsin.
Qo`llashga qarshi ko`rsatmalar: 12 yoshgacha bo`lgan bolalarda va vosita tarkibidagi moddalarga individual yuqori sezuvchanlikda.
Nojuya ta’siri: Kamdan-kam holatlarda allergik reaksiya.
Boshqa dori vositalari bilan o`zaro ta’siri: Aniqlanmagan.
Berilish tartibi: shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi: MCHJ “Bio Time”. O`zbekistonda ishlab chiqarilgan.

