Savdo belgisi:
NeoStress Aut®
Chiqarilish shakli: Sirop 175 ml, flakonda
NeoStress Aut® tarkibi: 10 ml siropdagi faol moddalar: ext. ziziphus jujubae 300 mg; ext. herbae melissae 100 mg; magnesium citrate 50 mg; pyridoxine hydrochloride 1,5 mg. Yordamchi moddalar: suv, mkts, natriy benzoat kaltsiy stearat.
Farmako-terapevtik guruh: O’simliklardan olinuvchi sedativ vositalar
Код АТХ: N05CM
Farmakologik ta’siri:
NeoStress Aut® vitamin B6 bilan kombinatsiyalangan sedativ, tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi vosita. Farmakologik ta’siri uning tarkibidagi aktiv moddalar – yuyuba ekstrakti, dorivor melissa ekstrakti, magniy va vitamin B6 bilan bog`liqdir.
Yuyuba ekstrakti – turli biologik faol moddalar saqlaydi shu jumladan ko'p miqdordagi fenol birikmalari va flavonoidlar qayd etilgan. Yuyuba ekstrakti tsiklik adenozin monofosfat (cAMP) va guanozin monofosfatning tabiiy manbai hisoblanadi. Bu moddalar hujayraga ta'sir qiluvchi peptid gormonlar va hujayra ichidagi fermentlar o'rtasida vositachi bo'lib xizmat qiladi. Shu sababli yuyuba ekstrakti stress, badjahllik, asabiylik, qo’rquv va tashvish bilan kechuvchi nevrologik kasalliklarda yaxshi samara beradi. Bundan tashqari yuyuba ekstrakti antioksidant va gepatoprotektiv xususiyatlarga ega, immunitet tizimiga foydali ta'sir ko'rsatadi, qonda qand miqdorini tartibga soladi va adipotsitlar differentsiatsiyasiga to’sqinlik qiladi. Bu ta'sirlar yuyuba tarkibidagi triterpen kislotalari, flavinoidlar, antosiyaninlar va turli vitaminlarning biologik faolligi bilan ta'minlanadi.
Dorivor melissa ekstrakti – tarkibida turli biologik faol efir moylarini saqlaydi, ulardan asosiylari sitronella, geraniol va kofein kislotalardir. Bu moddalar anksiyolitik, antidepressant, sedativ, spazmolitik, immunomodulyator, antiallergik va mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega hisoblanadi. Dorivor melissa ekstraktining terapevtik ta'siri kengligi uning tarkibidagi turli xil biologik faol moddalarning xususiyatlariga bog’liq. Sitronella - samarali sedativ ta'sirga ega bo’lsa, geraniol va sitronellol – spazmolitik va antigistamin ta’sirlarini namoyon qiladi. Dorivor melissa homilador ayollar uchun ko’ngil aynishi va qusishga qarshi, diuretik va ishtahani kuchaytiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi.
Magniy - Magniy tananing barcha to'qimalarida joylashgan va hujayralarning normal ishlashi uchun zarur bo'lgan muhim element bo'lib, ko'pchilik metabolik reaktsiyalarda ishtirok etadi. Xususan, u nerv impulslarining uzatilishini tartibga solishda va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi.
Piridoksin (vitamin B6) - nerv hujayralari metabolizmini tartibga solishda va boshqa ko'plab modda almashinuv jarayonlarida faol qatnashadi. B6 vitamini oshqozon-ichak traktidan magniyning so'rilishini va hujayralarga kirishni yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi: komponentlarini har birini markerlab biologik tadqiqot orqali organizmda kuzatish iloji yo`qligi sabab, kinetikasini o`rganish imkonsiz deb topilgan. Farmakologik tadqiqotlar ham o’tkazilmagan.
Qo’llashga ko`rsatmalar:
• Nevrasteniya; sababi noaniq nevrotik buzilishlar.
• Noorganik etiologiyali uyqusizlik; asabiylashish.
• Sababsiz achchiqlanish va g'azablanish holatlarida.
• Asabiy qo'zg'aluvchanlikning kuchayishi, stress, qo’rquv-xavotir holatlari.
• Magniy yetishmovchiligi natijasida yuzaga keluvchi uyqu buzilishi, yurak tez urishi, oshqozon-ichak spazmlari, mushaklardagi charchoq va og’riqlarda qo’llaniladi.
Qo’llash tartibi:
Uyqudan 2 soat oldin dozator qoshiqcha orqali (2.5ml-5ml)qabul qilinadi.
Bolalar 6oydan – 3 yoshgacha 0.5 d.q / 1 mahal
Bolalar 3 yoshdan – 12 yoshgacha 1-2 d.q / 1mahal
Kattalar, аёллар homiladorlik va laktatsiya davrida 2-3 d.q / 1mahal
Qo`llashga qarshi ko`rsatmalar:
Preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
Boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri: NeoStress Aut® yurak glikozidlari, trankvilizatorlar, markaziy asab tizimiga depressant ta'sir ko'rsatuvchi moddalar, shuningdek spirtli ichimliklar ta'sirini kuchaytiradi.
Nojuya ta’sirlari: NeoStress Aut® odatda yaxshi o’zlashtiriladi. Kamdan kam hollarda: allergik reaktsiyalar, zaiflik.
Berilish tartibi: shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi: MCHJ “Bio Time” ekskluziv “Neogroupstyle” kompaniyasi uchun.O`zbekistonda ishlab chiqarilgan.

