Vitaferras – temir va qon hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi vitaminlar yetishmovchiligini to‘ldirish uchun ishlab chiqilgan biologik faol qo‘shimcha.
🔹 Temir – gemoglobin sintezi uchun zarur, Fe tanqisligini qoplaydi.
🔹 Foliy kislotasi (B9) – qon hosil bo‘lish organlarini qo‘llaydi, immunitetni kuchaytiradi, homiladorlikda embrion nerv hujayralarini shakllantirishda muhim.
🔹 Vitamin B12 – eritrotsitlar va nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi, anabolik ta’sir ko‘rsatadi.
🔹 Vitamin C – temir o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, almashinuvni tartibga soladi, immunitetni oshiradi va antioksidant hisoblanadi.
🔹 Vitamin B6 – nerv tizimi va qon hosil bo‘lishini qo‘llaydi.
🔹 Sink va mis – almashinuv jarayonlari va himoya funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tavsiya etiladi:
kamqonlik (temir tanqisligi anemiyasi);
foliy kislotasi va B12 yetishmovchiligi;
homiladorlik va emizish davrida temir tanqisligi profilaktikasi;
charchoq, rangparlik, soch va tirnoqlar sinuvchanligida.
📌 Yo‘riqnoma
Qabul qilish tartibi:
Kattalar va 14 yoshdan katta bolalar – kuniga 1 kapsula, ovqat paytida.
Emizish davrida – butun davr mobaynida kuniga 1 kapsula.
14 yoshgacha bo‘lganlarga – sirop shaklida.
Kurs: 1 oy, zarurat bo‘lsa, takrorlash mumkin.
Qarshi ko‘rsatmalar:
Komponentlarga sezuvchanlik, gemoxromatoz, gem sideroz, aplastik va gemolitik anemiya.
⚠️ Biologik faol qo‘shimcha. Dori vositasi emas.
Chiqarilish shakli: 30 kapsula.
Saqlash sharoiti: quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati: 3 yil.

