🧠 Mavzu va mazmun
Mualliflar qaramlikni “davolanishi mumkin bo‘lgan miya kasalligi” deb tariflaydi. Kitobda qaramlikning sabablari, uni oldini olish omillari va zamonaviy davolash usullari keng yoritilgan. Dr. Nurmedovning hissasi bilan kitobda nafaqat alkogol va modda qaramligi, balki virtual va real shakldagi barcha qaramlik turlari, ularning rivojlanishi va davolash bosqichlari chuqur o‘rganilgan.
📊 Qo‘shimcha materiallar
Kitob oxirida keltirilgan testlar va savolnomalar o‘quvchiga “qaramlik” va uning o‘zidagi mavjud darajasini anglashga yordam beradi. Bugungi kunda deyarli hammamiz duch kelayotgan kompyuter o‘yinlari, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn xarid qilish, yig‘ish, qimor kabi qaramlik turlari kitobda ogohlantirilgan asosiy mavzular qatorida.

