Ushbu kitobda yoshlarning telefonga tobeligi natijasida virtual dunyo iskanjasiga tushib qolayotgani haqida so'z boradi. Hozirgi kunda telefonga qattiq bogʻlanib qolishni "nomofobiya" deb ham atashadi. Bu esa butun dunyo oldida turgan katta muammodir. Muammoning oldi olinmas ekan, ko'z quvonchimiz boʻlgan bolalarimizni yoʻqotib qoʻyamiz. Bu katta talafotdir. Ha, farzandlarimiz kelajagi ancha xavotirli. Ichimdan oʻtgan ogʻriq azobini o'zim bildim, oʻzim kuydim. Har bir oila boshligʻining oʻrniga oʻzimni qoʻyib koʻrdim va qoʻlimga qalam olishga majbur boʻldim.
Farzandlarimizni bu katta xavfdan qutqarib qolish hammamizning burchimiz. Kitob sizga bir yoʻriqchi, dastur boʻladi degan umiddaman. Farzandlarimiz tarbiyasida manfaatli boʻlishini Yaratgandan soʻrab qolaman!
ISBN : 978-9910-731-01-3
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 104
Chop etilgan yili : 2023
Nashriyot : Ҳилол-нашр
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha

