1929-yilda yozilgan ushbu esseda mashhur britaniyalik yozuvchi ayollar va adabiyot haqida fikr yuritadi.
Virjiniya Vulf tenglik uchun kurash boshlanishidan ancha oldin ijod qilgan ayol yozuvchilar haqida noodatiy fikrlarni bildiradi. Va tez orada shunday xulosaga keladi: erkin ijod qilish uchun har bir ayolga unchalik ko‘p narsa kerak emas. Yolg‘iz qolish uchun o‘z xonasi. Va kundalik ehtiyojlar haqida o‘ylamaslik uchun moliyaviy mustaqillik. Ammo bunday hashamatni ushbu esse muallifidan oldingi buyuk ayollarning hech biri o‘ziga ravo ko‘ra olmagan…
Asarda umuman ayollar tomonidan yozilgan asarlar, ayniqsa ayollar haqida yozilgan fikrlar ham muhokama qilinadi. Shuningdek, erkaklar ayollar haqida nimalar yozgani haqida ham so‘z boradi. Bundan tashqari, muallif tasavvur qiladi: agar Shekspirning iste’dodli singlisi XVI–XVII asrlarda yashaganida, muvaffaqiyatga erisha olarmidi?
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni: 80
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shing 📚
Kitob rus tilida
Bonus sifatida zakladka mavjud
To‘liq tavsifni o‘qing 😊

