Maymunjon (yormat) — vitamin va minerallar manbaidir. Bu reza mevani muntazam isteʼmol qilish immunitetni oshiradi, uyquni yaxshilaydi, depressiyadan xalos etadi va kayfiyatni koʻtaradi. Allegan maymunjoni (Allegheny blackberry) tez oʻsadi va sovuqqa chidamliligi yuqoridir.
Hayot davomiyligi: koʻp yillik oʻsimlik
Harorat rejimi: -35 °C gacha
Balandligi: 2 m gacha
Stratifikatsiya talab etiladi
Allegan maymunjoni — balandligi 2 metrgacha yetadigan, tayanchga yopishib oʻsuvchi yarim butadir. Ushbu nav yuqori hosildorlik va sovuqqa chidamlilik xususiyatiga ega.
Bu butaning vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. XIX asrda u madaniylashtirila boshlandi va bir necha yil ichida Yaqin Sharq, Yevropa, Rossiya hamda Kavkazda ham tarqaldi.
Inson organizmi uchun foydaliligi jihatidan maymunjon boshqa barcha reza mevalardan sezilarli darajada oʻzib ketadi.
Maymunjon — vitamin va minerallar (mis, marganes, magniy, kaliy, kalsiy) manbaidir. Uning tarkibida organizm uchun zarur boʻlgan B guruh vitaminlari, A va C vitaminlari, shuningdek, moylar, pektin moddalari, aminokislotalar va boshqa koʻplab foydali elementlar mavjud. U asab tizimini mustahkamlashga va stressga qarshi kurashishga yordam berishi isbotlangan. Maymunjon diabet bilan ogʻriydiganlar uchun ham tavsiya etiladi, chunki unda uglevodlar kam va ular asosan fruktozadan tashkil topgan.
Bu mevani muntazam isteʼmol qilish immunitetni oshiradi va qon bosimini normallashtiradi, shuningdek, qon tarkibini yaxshilab, zararli xolesterin darajasini pasaytiradi. Maymunjon uyquni yaxshilaydi, depressiyadan xalos etadi va kayfiyatni koʻtaradi. Bundan tashqari, ushbu reza meva teri hujayralarini yoshartiradi va gormonlar ishlab chiqarilishini meʼyorga keltiradi.
Mahsulot virusli va bakterial kasalliklarga qarshi kurashishda ajoyib yordamchi hisoblanadi. Onkologik kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi, suyak toʻqimasini mustahkamlaydi, boʻgʻimlar faoliyatini yaxshilaydi. Qolaversa, u ish qobiliyatini oshiradi va xotirani yaxshilaydi.
Ushbu moʻjizaviy mevani qanday qilib yetishtirish mumkin? Albatta, bogʻdorchilik markazlaridan koʻchat sotib olish mumkin, biroq bu ancha qimmatga tushadi. Bu moʻjizaviy mevani urugʻdan yetishtirish ancha osonroq. Bu, albatta, koʻproq vaqt talab qiladi, ammo evaziga birdiga butun boshli maymunjon plantatsiyasini yetishtirish mumkin. Buning ustiga, urugʻdan yetishtirilgan maymunjon butalari yashab qolishga koʻproq moyil va chidamli boʻladi.
Urugʻlarning unuvchanligini oshirish uchun maymunjon urugʻlarini stratifikatsiya qilish (sovuqda saqlash) mumkin. Buning uchun zip-paketga qum yoki perlit soling va ozgina suv quyib, qumni (perlitni) namlang. Paketga urugʻlarni soling va ehtiyotkorlik bilan aralashtiring. Soʻngra ushbu paketni 1–3 oyga muzlatgichga qoʻying. Shuningdek, urugʻlarni nam doka yoki paxta disklariga oʻrash ham mumkin, biroq bunday usulda unib chiqqan ildizchalar paxtaga yopishib oʻsib ketishi va ularni ajratganda shikastlanishi mumkin. Har bir-ikki haftada paket ichiga qarab, urugʻlarni ildiz otganligi yoki mogʻor bosganligini tekshirib turish kerak. Ildizchalar koʻrinishi bilan ekishga oʻtish mumkin, mogʻor paydo boʻlganda esa uni olib tashlab, qumni (perlitni) almashtirish lozim. Qulay ob-havo sharoitida urugʻlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tuproqqa yoki issiqxonaga ekish mumkin. Har qanday tuproq mos keladi. Urugʻlarni juda chuqur boʻlmagan (0,5–1 sm) chuqurlikda ekish lozim.

