“Vintage Atirgul” to‘plami sizni romantik retro muhitiga olib kiradi. To‘plam nafis pushti ranglarda va klassik vintage uslubidagi chiroyli tasvirlar bilan bezatilgan. Ichida ijod uchun turli elementlar mavjud: gul naqshli va klassik dizayndagi qog‘ozlar, dekorativ stikerlar, tematik kartochkalar, qirqma bezaklar, shaffof paketlar hamda dekorativ washi skotch.
To‘plam quyidagilar uchun juda mos:
• shaxsiy kundalik va planer bezash
• fotoalbom va otkritkalar yaratish
• skrapbuking ishlari
• sovg‘a qadoqlash
• xatlar va konvertlarni bezash
Chiroyli sovg‘a qutisi uni ijodkorlar va vintage uslubini yoqtiruvchilar uchun ajoyib sovg‘aga aylantiradi

