VINSA T1161 grafik plansheti rassomlar, dizaynerlar, talabalar va raqamli grafika bilan ishlovchilar uchun qulay yechim hisoblanadi.
300 × 188 mm ishchi maydoni chizish, grafika yaratish va foto tahrirlashda keng imkoniyat yaratadi. EMR ruchka batareyasiz ishlaydi, uni zaryadlash talab qilinmaydi va har doim foydalanishga tayyor.
Planshet 8192 bosim darajasini, 60° gacha qiyalikni aniqlaydi hamda yuqori aniqlikda ishlaydi. Dasturlashtiriladigan tugmalar tezkor buyruqlarni bajarishni osonlashtiradi.
Qurilma Windows, macOS va Android (OTG orqali) bilan mos keladi.

