Ushbu kitobda Knut Hamsunning «Viktoriya» va «Edvarda» romanlari jamlangan. Inson qalbining barcha shodlik va iztiroblarini, uning yashirin tuyg‘ularini yurakdan his etishga imkon beradigan bunday asarlar adabiyotda barmoq bilan sanarli.
«Viktoriya» romani Yuhannes va boy qiz Viktoriya o‘rtasidagi muhabbat fojiasi haqida hikoya qiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, moddiy manfaatlar va an’anaviy qarashlar ularning baxtiga to‘sqinlik qiladi. Asar o‘z davri uchun yangicha psixologik tahlil, ichki monologlar va chuqur individualizm bilan ajralib turadi. Muallif atrof-javonibda bo‘layotgan nohaqliklarni ko‘rsatib, insoniy tuyg‘ularning murakkabligini ochib beradi.
«Edvarda» asari esa har bir qahramon holati, uning shodligi-yu qayg‘usi, iztirobi-yu alamlarini, qalbidan kechayotgan mayda azoblarigacha birga tuyamiz. Xuddi u bizga begona emasdek. Baayni… biz ularning o‘ziga aylanamiz…
Kitob adabiyot ixlosmandlari, umuman, inson ruhiyatini o‘rganishga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

