"To'qson uchinchi yil" - Viktor Gyugoning inson irodasi, fojia va jasorat tabiatiga bag'ishlangan so'nggi buyuk romanlaridan biri. Asarda qahramonlar taqdiri orqali har qanday tarixiy davrda dolzarb bo'lgan masalalar: insonning ichki burchi, axloqiy tanlov, sadoqat va halokat o'rtasidagi murakkab muvozanat yoritiladi. Gyugo qahramonlarini siyosiy yoki mafkuraviy tamg'alamaydi. Ularning har biri o'z e'tiqodi, vijdoni va shaxsiy mas'uliyati bilan yashaydi. Shu jihatdan roman qahramonlari tarixiy vogealarnigina emas, avvalo, inson tabiatining o'ziga xos, dramatik qirralarini namoyon qiladi. Uslub jihatdan "To'q-son uchinchi yil" Gyugo qalamiga xos epik kuch, dramatik dinamika va inson ruhiga chuqur nazar soluvchi badiiy ehtiros bilan to'lgan asar.
U o'quvchini ulkan voqealar emas, balki o'sha voqealar orasida o'zini yo'qotmagan insonning ichki qiyofasi bilan uyg'otadi. Roman faqat bir davr hagida emas, balki har bir avlodga taalluqli ulkan bir savolni qo'-yadi: inson kim va u o'z tanlovining narxiga tayyormi? Klassik adabiyot durdonasi bo'lgan Viktor Gyugoning mazkur romani o'zbek kitobxonlariga munosib tuhfa bo'lishiga umid qilamiz.
ISBN : 9789910601309
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Tarjimon : Bahodir Umarov
Betlar soni : 464
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Nashriyot : Yangi Asr Avlodi
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Viktor Gyugo

