XIX asr Fransiya adabiyotining yirik vakili, Yevropa adabiyotida romantizm oqimi asoschilaridan biri Viktor Gyugo "Xo'rlanganlar", "93 yil", "Parij avliyo bokirasi ibodatxonasi", "Kulayotgan odam" kabi ma’lum va mashhur asarlarning muallifidir. Gyugo asarlaridagi har bir qahramon juda chuqur ijtimoiy-falsafiy mazmunni o'ziga singdirgan ramziy personajdir.
XVIII-XIX asrlarda Fransiya va Yevropa siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o'ta muhim voqealar hamda asarlaridagi qahramonlar taqdiri kesimida yozuvchi azaliy va abadiy qadriyatlar - oliyjanoblik, to'g'rilik, muhabbat va ularning aksi - hasad, kibr, sotqinlik to'g'risida mahorat bilan hikoya qiladi. O'zbekiston va Fransiya ko'pqirrali hamkorligining 30 yilligi arafasida adibning mashhur "Кulayotgan odam" romanining o'zbek tilida e'lon qilinishi xalqlarimiz va madaniyatlarimizni yanada yaqinlashtiradi degan umiddamiz.

