Jahon adabiyotining yorqin namunasi bo‘lgan ushbu asar atoqli faylasuf va psixologning inson ruhiyati kuchi, hatto o‘lim qarorgohlarida ham jon saqlab, bardosh berishga yordam beruvchi xayollarga intilishi to‘g‘risidagi mashhur kitobidir. Asarda eng qiyin vaziyatlarda inson qalbining tub-tubiga nazar tashlanadi.
Muallif inson asli kim ekanligi to‘g‘risida savolga javob izlaydi. O‘quvchiga qiyin vaziyatlarda jismonan baquvvat insonlar emas, ruhiyati kuchlilargina omon qolishini ta’kidlaydi. Asar xulosasi yaxshilik va yomonlikni ajratib turuvchi chiziq borasida bo‘ladi. U gaz kameralarini, krematoriylarni yaratgan va qalbida duo bilan o‘sha kameraga kirib borgan mavjudotning ichki olamiga nazar tashlaydi. Urush dahshatlari haqidagi boshqa asarlardan asosiy farqi ham shu jihatida ko‘rinadi.
ISBN : 9789943578791
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 128
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2021
Nashriyot : Info Capital Group
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

