"Parij Bibi Maryam ibodatxonasi" romani fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning eng mashhur asarlaridan biridir. Kitob romantik adabiyotning durdonasi hisoblanadi va Fransiyaning gotika me’morchiligiga bo‘lgan qiziqishni qayta tiklashda muhim rol o‘ynadi. ANNOTATSIYA "Parij Bibi Maryam ibodatxonasi" (1831) Gyugoning mashhur tarixiy romani. Aynan uning paydo bo‘lishi tufayli biz siz bilan Parijning qoq markazidagi dunyodagi eng go‘zal gotika ibodatxonalaridan birini tomosha qilishimiz mumkin. Gyugo o‘z asari bilan soborga e’tiborni tortdi va buni ataylab qildi, chunki Notr-Dam vayron qilinmoqchi edi. Muallif o‘z romanining bosh qahramoni Parij Bibi Maryam ibodatxonasining o‘zi ekanligini yashirmagan. Нo, kitobxon bu kitobning yorqin obrazlarini - go‘zal lo‘li Esmeraldani, olijanob, oqko‘ngil badbashara Kvazimodoni, Esmeraldaga nisbatan taqiqlangan his-tuyg‘ular bilan azoblangan makkor ruhoniyni va boshqa ko‘plab obrazlarni eslab qolishi shubhasiz. Bu roman ham, uning asosida sahnalashtirilgan, qo‘shiqlarini hammamiz deyarli yoddan biladigan myuzikl ham hech kimni befarq qoldirmaydi. KITOB HAQIDA • Asar bir necha bor ekranlashtirilgan, jumladan, 1923-yilda Loun Cheyni ishtirokidagi ovozsiz film, 1956-yilda Jina Lollobrijida va Entoni Kuinn ishtirokidagi lenta, shuningdek, 1996-yilda Disney studiyasining animatsion filmi. • Roman asosan shotlandiyalik Valter Skott asarlariga asoslangan. O‘tmishdoshining qat’iy shakliga Gyugo romantik drama va psixologik roman elementlarini qo‘shdi va XV asrdagi haqiqiy voqealarni fon sifatida taqdim etdi.
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko
Sahifalar soni 1155
Kitobingizni yo‘qotmaslik uchun savatga qo‘shing 👇
Rus tilidagi kitob
Bonusga xatcho‘p kiritish
To‘liq tavsifni o‘qing😊

