Farzandlarimizning aqlliroq va intiluvchan bo‘lib ulg‘ayishlariga yordam berish uchun biz bolalar psixologiyasini, kichkintoylarning qiziqishlari va imkoniyatlarini biladigan mutaxassislar bilan hamkorlik qilib, ushbu noyob kitobni yaratdik. Har bir tavsiya va o‘yin shaklidagi har bir topshiriq ilmiy ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, yosh ota-onalar va o‘qituvchilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lishi shubhasiz.

