Vesta AK-10 — zamonaviy dizayn va qulay foydalanishni birlashtirgan kombinatsiyalangan gaz plitasi. Pishirish yuzasida 4 ta gaz konforka mavjud bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta taom tayyorlash imkonini beradi. Shisha qopqoq plitani ishlatilmaganda toza va ixcham saqlashga yordam beradi.
Duxovka TEN + gaz tizimida ishlaydi: yuqori isitish elementi elektr, pastki isitish elementi esa gaz orqali ishlaydi. Termostat haroratni aniq nazorat qilishga yordam beradi. Konforkalarni yoqish boshqaruv tugmalarida joylashgan avto o‘t oldirgich orqali amalga oshiriladi.
Duxovkada 3 darajali yo‘naltiruvchi panjara, 1 ta oddiy pishirish yuzasi, 1 ta chuqur pishirish yuzasi va 1 ta panjara mavjud. Mustahkam po‘lat panjara kundalik foydalanish uchun qulay va bardoshlidir.

