• Mahsulot turi: Karbyurator va drossel tozalagich
• Brend: Veslee
• Hajmi: 450 ml
• Chiqarilish shakli: Aerozol (sprey)
• Vazifasi: Qurum, qatron, moylarni tozalash va yonilg'i tizimini yuvish
• Tarkibi: Erituvchilar, faol yuvuvchi komponentlar, propellent
• Ishlab chiqarilgan mamlakat: Xitoy
Veslee Carb Cleaner — karbyurator va drossel klapanlari uchun yuqori samarali tozalagich
Veslee tozalash vositasi avtomobil yonilg'i tizimidagi murakkab ifloslanishlarni tez va sifatli yo'qotish uchun mo'ljallangan professional mahsulotdir. Uning kuchli formulasi karbyurator va drossel klapanlarining ichki yuzalarida to'plangan quyqalar, qatronlar, moy dog'lari va lak qatlamlarini bir zumda eritib yuboradi. Ushbu vositadan muntazam foydalanish dvigatelning salt ishlash (xolostoy xod) maromini tiklashga, detanatsiyani bartaraf etishga va sovuq havoda dvigatelning oson o't olishiga yordam beradi.
Foydalanish qulayligi va natija
Aerozol ko'rinishi va yuqori bosimli oqim tufayli tarkib eng qiyin kanallar va jiklerlargacha kirib boradi va qismlarni to'liq ajratmasdan turib samarali tozalash imkonini beradi. Tozalagich ko'pgina purkash tizimi datchiklari va katalizatorlar uchun xavfsizdir. 450 ml hajmdagi idish to'liq tozalash ishlarini bajarish uchun yetarlidir. Veslee Carb Cleaner'dan foydalanish yonilg'i-havo aralashmasini optimallashtiradi, bu esa yoqilg'i sarfini kamayishiga, chiqindi gazlarining zaharli miqdorini pasayishiga hamda dvigatelning quvvati va dinamikasini tiklanishiga xizmat qiladi.


