VERO VR129-101M (-) o‘tyverkasi — (minus) shaklidagi vintlarni bo‘shatish yoki mahkamlash uchun mo‘ljallangan professional vosita. Uning uchi yuqori mustahkam xrom-vanadiy po‘latidan tayyorlangan bo‘lib, deformatsiyaga chidamli va uzoq xizmat qiladi. Magnitli uch vintni joyida ushlab turib, ishni ancha qulaylashtiradi.
Ikki tarkibli ergonomik tutqich qo‘lni charchatmaydi, sirpanishni oldini oladi va ish jarayonida maksimal qulaylik yaratadi. Qurilish, ta’mirlash va maishiy vazifalar uchun ajoyib tanlov.

