• Qo‘l mehnatida tayyorlangan
• Interyer uchun dekorativ aksessuar
• Minimalistik dizayn
• Mat yuzali
• Hammom va kosmetik stol uchun mos
«Sakura» interyer to‘plami — bu yengillik va nafislik uyg‘unligi. To‘plam tarkibiga ikki dona gul shaklidagi shamdon, yurak rel’efli mini vaza va sakura naqshli oval patnis kiradi.
To‘plam uyga iliqlik va romantik muhit beradi. Yotoqxona, mehmonxona yoki bezak burchagi uchun juda mos. Sham, quritilgan gullar yoki mustaqil dekor sifatida ishlatilishi mumkin.
Har bir buyum qo‘lda gipsdan tayyorlanadi, shu sababli mayda tabiiy xususiyatlar bo‘lishi mumkin va bu uning o‘ziga xosligini ta’kidlaydi.

