• Ikki yorug‘lik manbasini ikki joydan boshqarish.
• Teskari turdagi — zina, koridor, o'tish joylari uchun.
Venus PRIME 2-kalitli teskari o'chirgich — ikki mustaqil yorug‘lik manbasini turli joylardan boshqarish uchun qulay echim. Zinapoya, koridor, ikki kirishli xona yoki katta maydonli joylar uchun ayni muddao.
Ikki kalitli tuzilma yordamida ikkita alohida chiroqni boshqarish mumkin. Har bir kalit teskari sxema bo‘yicha ulanadi, bu esa qulaylik va energiyani tejash imkonini beradi. Oltin rangdagi dizayn interyerga o‘ziga xos nafislik beradi.
10A tok kuchiga mo‘ljallangan bo‘lib, odatiy elektr tarmoqlarida ishlatish uchun mos. O‘rnatish uchun standart 60 mm podrozetkaga mos keladi. Korpus yong‘inga chidamli ABS plastikdan tayyorlangan, kontaktlar esa ishonchli mis materialdan.
Venus PRIME kolleksiyasidagi boshqa mahsulotlar bilan uyg‘un holatda ishlatiladi.

