• O‘lchami: 400×340×140 mm
• Materiali: sanitariya keramikasi
• Rangi: oq
• Shakli: oval
• O‘rnatish turi: tumbochka yoki stol ustiga
• Smesitel uchun teshik: bor
• Yuzasi: silliq, yaltiroq
• Namlik va tirnalishga chidamli
• Parvarishi oson, uzoq muddat xizmat qiladi
Ventos keramik rakovinasi 400x340x140 mm o‘lchamda bo‘lib, zamonaviy vannaxona uchun ixcham va qulay model hisoblanadi. Oval shakli suv sachrashini kamaytiradi va foydalanishda qulaylik beradi. Yuqori sifatli sanitariya keramikasidan ishlab chiqarilgan, silliq yaltiroq qoplamasi namlik, tirnalish va maishiy kimyoviy vositalarga chidamli. Tozalash oson, uzoq vaqt oq rangini saqlaydi. Tumbochka yoki stol ustiga o‘rnatish mumkin, smesitel va standart diametrli oqova teshigiga ega.

