• LED display — mashg‘ulot ko‘rsatkichlarini kuzatish
• Qulay o‘rindiq — uzoq mashqlar uchun komfort
• Mustahkam konstruktsiya — xavfsiz va barqaror foydalanish
• 150 kg gacha yuklama — yuqori chidamlilik
• Keng pedal platformasi — oyoq uchun qulay joylashuv
• Ixcham dizayn — uy uchun qulay
• Kardio mashqlar uchun mos
• Doimiy foydalanish uchun ideal
RUNEX velotrenajor — uyda sport bilan shug‘ullanishni istaganlar uchun zamonaviy va qulay fitness trenajyori. Ushbu uy uchun velotrenajor kardio mashqlarni samarali bajarishga yordam beradi, organizmni chiniqtiradi va kaloriyani yoqishga ko‘maklashadi. Qurilma ixcham dizaynga ega bo‘lib, kvartira, hovli yoki uy sport zonasi uchun mos keladi.
Modelda LED display mavjud bo‘lib, mashg‘ulot davomida asosiy ko‘rsatkichlarni kuzatish imkonini beradi. Qulay yumshoq o‘rindiq uzoq mashqlar vaqtida ham komfort yaratadi. Keng pedal platformasi oyoqni ishonchli ushlab turadi, mustahkam pastki baza esa maksimal barqarorlikni ta’minlaydi.
Velotrenajorning konstruktsiyasi yuqori sifatli materiallardan tayyorlangan bo‘lib, 150 kg gacha yuklamani ko‘tara oladi. Ushbu fitness trenajyor yangi boshlovchilar va muntazam shug‘ullanuvchilar uchun mos. Kardio trenajyor, uy sport uskunasi, fitness bike sifatida kundalik foydalanish uchun ideal tanlov.

