“Velmam” vitamin va mineral moddalarning qo‘shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi:
• kunlik ehtiyojni qoplash uchun, homiladorlikni rejalashtirayotgan va homiladorlik davridagi ayollarga,
• energiya, immunitet va reproduktiv sog‘liqni qo‘llab-quvvatlash uchun.
Muntazam qabul qilingandagi taʼsirlar:
• energiyaning meʼyoriy darajasini va modda almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi,
• nerv tizimi faoliyatini yaxshilaydi,
• teri, soch va tirnoq salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi,
• immunitetni mustahkamlaydi va antioksidant himoyasini taʼminlaydi.
Faol Komponentlarning Xususiyatlari:
• L-arginin – oqsil shlaklarini tez chiqarishni taʼminlaydi,
mushak massasining o‘sishi va yog‘ to‘qimalarining kamayishiga yordam beradi,
jismoniy chidamlilik va kayfiyatni oshiradi.
• N-atsetil L-sistein – oqsil tuzilishini mustahkamlaydi, teri, soch va
tirnoq salomatligi uchun kollagen sintezini rag‘batlantiradi, organizmning antioksidant himoyasini oshiradi.
• Inozitol, beta-karotin, D, E, C vitaminlari, B-guruhi vitaminlari, foliy kislota – modda almashinuvini tartibga soladi, qon yasalishini qo‘llab-quvvatlaydi,
reproduktiv tizim va immunitet faoliyatini mustahkamlaydi.
• Minerallar (magniy, temir, sink, mis, selen, yod) – oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, metabolizmni taʼminlaydi, qalqonsimon bez
va ichki aʼzolar faoliyatini normallashtiradi.

