Vegan SPF Krem-Gel SPF 50+ PA++++, 60 ml – Koreya quyoshdan himoya vositasi. Krem va gel orasidagi yengil teksturaga ega bo‘lib, teriga juda yaxshi o‘rnashadi, tez singadi va xuddi hech narsa surtilmagandek yengil hissiyot beradi. UVA va UVB nurlaridan himoya qiladi, yopishqoq iz qoldirmaydi va oqartirmaydi (white cast yo‘q). Kundalik foydalanish uchun qulay, barcha turdagi teri uchun mos, erkaklar va ayollar ishlatishi mumkin. 1 yoshdan boshlab bolalar uchun ham qo‘llash mumkin. Quyosh ta’siridan kelib chiqadigan qorayish, dog‘lar va erta qarishni oldini olishga yordam beradi. Vegan tarkib 🌱. Qo‘llash: quyoshga chiqishdan 15–20 daqiqa oldin surting va har 2 soatda yangilab turing. Hajmi 60 ml, ishlab chiqarilgan: Koreya.

