Har doim, har doim zulmat bo‘ladi. Va hamisha zulmatda yashiringan Yovuzlik bo‘ladi, hamisha zulmatda qoziq tishlar va tirnoqlar, qotillik va qon bo‘ladi. Jodugarlar doim kerak bo‘ladi. Va ular kerak bo‘lgan joyda paydo bo‘lishi juda zarur. Yordam so‘rab qichqiriqlar eshitilayotgan joyda. Ularni zaiflar chaqirgan joyda. Ular chaqirilib, qo‘lida qilich bilan kelishsin. Qilich bilan, uning shu’lasi zulmatni parchalaydi, uning nuri zulmatni tarqatib yuboradi.

