«Ведьмак» kult sagasining yangi bobi. Riviya Geraltining yoshlik yillari haqida roman.
Ta’lim yillari ortda qoldi, va Geralt Kaer Morxen qal’asining ishonchli devorlarini tark etadi. Bu yerda, oddiy insonlar dunyosida, imtihonlarni hayotning o‘zi qo‘yadi va ularni qayta topshirishning iloji yo‘q. Eng kichik xato ham yosh vitcherning kelajagini barbod qilishi mumkin — o‘rmonlar, qabristonlar va huvillagan joylar zulmatida yashiringan dahshatli maxluqlar odamlar kabi xavfli emas; chunki ular yuzingga kulib, aslida xiyonatni rejalashtiradi.
Kelajakdagi Oq Bo‘ri hali juda yosh, o‘ziga ishongan va umidlarga to‘la, biroq har bir burilish ortida uni kulfat poylaydi, xirillagan qarg‘a qag‘illashi bilan ogohlantirib...

